وَلِلْأَرْبَعَةِ عَنْهُ إِلَّا النَّسَائِيَّ: { أَنَّ اَلنَّبِيَّ - صلى الله عليه وسلم -مَسَحَ أَعْلَى اَلْخُفِّ وَأَسْفَلَهُ } وَفِي إِسْنَادِهِ ضَعْف ٌ 1 .
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ mahsining ustiga ham, ostiga ham mash tortdilar. Abu Iso aytdi: Bu Nabiy ﷺ ashoblari, tobeʼinlar va ulardan keyingi fuqaholardan birnechasining soʻzidir, Molik, Shofiʼiy va Ishoq ham shuni aytadilar. Biroq bu hadis maʼluldir (illatli), uni Savr ibn Yaziddan Validu ibn Muslimdan boshqa hech kim musnad (uzluksiz sanad bilan) qilmagan. Abu Iso aytdi: Men Abu Zurʼa va Muhammad ibn Ismoildan bu hadis haqida soʻradim, ikkalasi: U sahih emas, dedilar. Chunki Ibnul Muborak buni Savrdan, u Rajoʼ ibn Hayvadan rivoyat qilib: «Menga Mugʻiyraning kotibidan, u Nabiy ﷺdan mursal (sahobiy zikr qilinmagan holda) hadis qilib aytildi» dedi va unda Mugʻiyrani zikr qilmadi.