عَنْ بُرَيْدَةَ - رضى الله عنه - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ "اَلْقُضَاةُ ثَلَاثَةٌ: اِثْنَانِ فِي اَلنَّارِ, وَوَاحِدٌ فِي اَلْجَنَّةِ. رَجُلٌ عَرَفَ اَلْحَقَّ, فَقَضَى بِهِ, فَهُوَ فِي اَلْجَنَّةِ. وَرَجُلٌ عَرَفَ اَلْحَقَّ, فَلَمْ يَقْضِ بِهِ, وَجَارَ فِي اَلْحُكْمِ, فَهُوَ فِي اَلنَّارِ. وَرَجُلٌ لَمْ يَعْرِفِ اَلْحَقَّ, فَقَضَى لِلنَّاسِ عَلَى جَهْلٍ, فَهُوَ فِي اَلنَّارِ" } رَوَاهُ اَلْأَرْبَعَةُ, وَصَحَّحَهُ اَلْحَاكِمُ 1 .
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qozilar uch xildir: ikkitasi doʻzaxda, bittasi jannatdadir. Haqni bilib, unga koʻra hukm qilgan kishi jannatdadir. Haqni bilib, unga koʻra hukm qilmagan va hukmda zulm qilgan kishi doʻzaxdadir. Haqni bilmay, odamlarga jaholat ila hukm qilgan kishi ham doʻzaxdadir», dedilar. Toʻrtovlon rivoyat qilgan, Hokim uni sahih deb baholagan.