وَلِلْبُخَارِيِّ: { مَنْ تَبِعَ جَنَازَةَ مُسْلِمٍ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا, وَكَانَ مَعَهُ حَتَّى يُصَلَّى عَلَيْهَا وَيُفْرَغَ مِنْ دَفْنِهَا فَإِنَّهُ يَرْجِعُ بِقِيرَاطَيْنِ, كُلُّ قِيرَاطٍ مِثْلُ أُحُدٍ } 1 .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Kim janozada uning ustiga (janoza) namozi oʻqilguncha hozir boʻlsa, unga bir qirot (savob) bor; kim u dafn qilinguncha hozir boʻlsa, unga ikki qirot bor.» «Ikki qirot nima?» deb soʻraldi. U zot: «Ikki ulkan togʻ kabidir», dedilar. (Ibn Shihob aytdi: Solim ibn Abdulloh ibn Umar aytdi: Ibn Umar (janoza) namozini oʻqib, soʻng (dafnni kutmay) qaytib ketar edi; Abu Hurayraning hadisi unga yetgach: «Biz koʻp qirotlarni boy berib yuborgan ekanmiz», dedi.)