وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ أَيُّمَا صَبِيٍّ حَجَّ, ثُمَّ بَلَغَ اَلْحِنْثَ, فَعَلَيْهِ [ أَنْ يَحُجَّ ] حَجَّةً أُخْرَى, وَأَيُّمَا عَبْدٍ حَجَّ, ثُمَّ أُعْتِقَ, فَعَلَيْهِ [ أَنْ يَحُجَّ ] حَجَّةً أُخْرَى } رَوَاهُ اِبْنُ أَبِي شَيْبَةَ, وَالْبَيْهَقِيُّ وَرِجَالُهُ ثِقَاتٌ, إِلَّا أَنَّهُ اِخْتُلِفَ فِي رَفْعِهِ, وَالْمَحْفُوظُ أَنَّهُ مَوْقُوفٌ 1 .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir bola Haj qilsa, soʻngra balogʻatga yetsa, unga yana bir bor Haj qilish (farz boʻladi); qaysi bir qul Haj qilsa, soʻngra ozod etilsa, unga yana bir bor Haj qilish (farz boʻladi)», dedilar. Ibn Abu Shayba va Bayhaqiy rivoyat qilgan. Uning roviylari ishonchli, biroq marfuʼligida ixtilof qilingan; mahfuz boʻlgani — uning mavquf ekanligidir.