عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم "مِنْ حُسْنِ إسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكُهُ مَا لَا يَعْنِيهِ". حَدِيثٌ حَسَنٌ، رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ [رقم: 2318] ، ابن ماجه [رقم:3976].
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kishining Islomi goʻzalligidan (biri) — oʻziga daxli boʻlmagan narsani tark etishidir», dedilar. Bu — hasan hadis boʻlib, buni Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.