عَنْ أَبِي مُحَمَّدٍ الْحَسَنِ بْنِ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ سِبْطِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم وَرَيْحَانَتِهِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا، قَالَ: حَفِظْت مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم "دَعْ مَا يُرِيبُك إلَى مَا لَا يُرِيبُك". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ [رقم:2520]، [وَالنَّسَائِيّ] وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.
Rasululloh ﷺ ning nabirasi va rayhoni boʻlmish Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u: «Men Rasululloh ﷺ dan ushbu (soʻzni) yodlab oldim: ‹Seni shubhaga soladigan narsani tark et, shubhaga solmaydigan narsaga oʻt›», dedi. Buni Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan. Termiziy: «Bu hasan sahih hadisdir», degan.