عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم "إنَّ اللَّهَ طَيِّبٌ لَا يَقْبَلُ إلَّا طَيِّبًا، وَإِنَّ اللَّهَ أَمَرَ الْمُؤْمِنِينَ بِمَا أَمَرَ بِهِ الْمُرْسَلِينَ فَقَالَ تَعَالَى: "يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنْ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا"، وَقَالَ تَعَالَى: "يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ" ثُمَّ ذَكَرَ الرَّجُلَ يُطِيلُ السَّفَرَ أَشْعَثَ أَغْبَرَ يَمُدُّ يَدَيْهِ إلَى السَّمَاءِ: يَا رَبِّ! يَا رَبِّ! وَمَطْعَمُهُ حَرَامٌ، وَمَشْرَبُهُ حَرَامٌ، وَمَلْبَسُهُ حَرَامٌ، وَغُذِّيَ بِالْحَرَامِ، فَأَنَّى يُسْتَجَابُ لَهُ؟". [رَوَاهُ مُسْلِمٌ]
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Albatta, Alloh pokdir, faqat pok narsanigina qabul qiladi. Albatta, Alloh moʻminlarni paygʻambarlarni buyurgan narsasi bilan buyurgan. Bas, Alloh taolo: {Ey paygʻambarlar, pok narsalardan yenglar va solih amal qilinglar} dedi. Yana Alloh taolo: {Ey iymon keltirganlar, sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar} dedi», dedilar. Soʻng u zot uzoq safar qilgan, sochi toʻzigan, chang-toʻzon bosgan, qoʻllarini osmonga choʻzib: «Yo Rabbim! Yo Rabbim!» deb (iltijo qiladigan) bir kishini zikr qildilar-da: «Uning yegani harom, ichgani harom, kiygani harom va harom bilan gʻizolangan boʻlsa, uning (duosi) qanday ijobat qilinsin?!» dedilar. Buni Muslim rivoyat qilgan.