عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ صَخْرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْت رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم يَقُولُ: "مَا نَهَيْتُكُمْ عَنْهُ فَاجْتَنِبُوهُ، وَمَا أَمَرْتُكُمْ بِهِ فَأْتُوا مِنْهُ مَا اسْتَطَعْتُمْ، فَإِنَّمَا أَهْلَكَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ كَثْرَةُ مَسَائِلِهِمْ وَاخْتِلَافُهُمْ عَلَى أَنْبِيَائِهِمْ ". [رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ] ،[وَمُسْلِمٌ]
Abu Hurayra Abdurrahmon ibn Saxr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: ‹Men sizlarni nimadan qaytargan boʻlsam, undan tiyilinglar; nimaga buyurgan boʻlsam, undan qoʻlingizdan kelganicha bajaringlar. Zero, sizlardan oldingilarni faqat savollarining koʻpligi va paygʻambarlariga qarshi ixtilof qilishlari halok qilgan›», dedi. Buni Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.