عَنْ أَبِي الْعَبَّاسِ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ السَّاعِدِيّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه و سلم فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ! دُلَّنِي عَلَى عَمَلٍ إذَا عَمِلْتُهُ أَحَبَّنِي اللهُ وَأَحَبَّنِي النَّاسُ؛ فَقَالَ: "ازْهَدْ فِي الدُّنْيَا يُحِبَّك اللهُ، وَازْهَدْ فِيمَا عِنْدَ النَّاسِ يُحِبَّك النَّاسُ" . حديث حسن، رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ [رقم:4102]، وَغَيْرُهُ بِأَسَانِيدَ حَسَنَةٍ.
Abul Abbos Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ ning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, menga shunday bir amalni koʻrsatingki, uni qilsam, Alloh ham meni sevsa, odamlar ham meni sevsa», dedi. U zot: «Dunyoga zohid boʻl (unga qiziqma) — Alloh seni sevadi; odamlarning qoʻlidagi narsaga (koʻz olaytirmay) zohid boʻl — odamlar seni sevadi», dedilar. Bu hasan hadis boʻlib, uni Ibn Moja va boshqalar hasan sanadlar bilan rivoyat qilishgan.