عَنْ أَبِي سَعِيدٍ سَعْدِ بْنِ مَالِكِ بْنِ سِنَانٍ الْخُدْرِيّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم قَالَ: " لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ" . حَدِيثٌ حَسَنٌ، رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ [راجع رقم:2341]، وَالدَّارَقُطْنِيّ [رقم:4/228]، وَغَيْرُهُمَا مُسْنَدًا. وَرَوَاهُ مَالِكٌ [2/746] فِي "الْمُوَطَّإِ" عَنْ عَمْرِو بْنِ يَحْيَى عَنْ أَبِيهِ عَنْ النَّبِيِّ صلى الله عليه و سلم مُرْسَلًا، فَأَسْقَطَ أَبَا سَعِيدٍ، وَلَهُ طُرُقٌ يُقَوِّي بَعْضُهَا بَعْضًا.
Abu Said Saʼd ibn Molik ibn Sinon al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ: «Zarar (yetkazish) ham yoʻq, zararga zarar bilan javob qaytarish ham yoʻq», dedilar. Bu hasan hadis boʻlib, uni Ibn Moja, Doraqutniy va boshqalar musnad (uzluksiz sanad) bilan rivoyat qilishgan. Molik esa uni ‹Muvatto›da Amr ibn Yahyodan, u otasidan, u Nabiy ﷺdan mursal tarzda — Abu Saidni (sanaddan) tushirib rivoyat qilgan. Uning bir-birini quvvatlaydigan (boshqa) yoʻllari ham bordir.