عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم فِيمَا يَرْوِيهِ عَنْ رَبِّهِ تَبَارَكَ وَتَعَالَى، قَالَ: "إنَّ اللَّهَ كَتَبَ الْحَسَنَاتِ وَالسَّيِّئَاتِ، ثُمَّ بَيَّنَ ذَلِكَ، فَمَنْ هَمَّ بِحَسَنَةٍ فَلَمْ يَعْمَلْهَا كَتَبَهَا اللَّهُ عِنْدَهُ حَسَنَةً كَامِلَةً، وَإِنْ هَمَّ بِهَا فَعَمِلَهَا كَتَبَهَا اللَّهُ عِنْدَهُ عَشْرَ حَسَنَاتٍ إلَى سَبْعِمِائَةِ ضِعْفٍ إلَى أَضْعَافٍ كَثِيرَةٍ، وَإِنْ هَمَّ بِسَيِّئَةٍ فَلَمْ يَعْمَلْهَا كَتَبَهَا اللَّهُ عِنْدَهُ حَسَنَةً كَامِلَةً، وَإِنْ هَمَّ بِهَا فَعَمِلَهَا كَتَبَهَا اللَّهُ سَيِّئَةً وَاحِدَةً". [رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ] ، [وَمُسْلِمٌ]، في "صحيحيهما" بهذه الحروف.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan, u Rasululloh ﷺdan, u zot esa taboraka va taolo Robbisidan rivoyat qildilarki, (Alloh) shunday dedi: «Albatta, Alloh yaxshiliklar va yomonliklarni yozib qoʻydi, soʻng buni bayon qildi: Kim bir yaxshilikka niyat qilsa-yu, uni qilmasa, Alloh uni Oʻz huzurida toʻlaqonli bir yaxshilik (savob) qilib yozadi. Agar unga niyat qilib, uni qilsa, Alloh uni Oʻz huzurida oʻn yaxshilikdan yetti yuz barobargacha, hatto koʻp barobarlargacha (koʻpaytirib) yozadi. Agar bir yomonlikka niyat qilsa-yu, uni qilmasa, Alloh uni Oʻz huzurida toʻlaqonli bir yaxshilik qilib yozadi. Agar unga niyat qilib, uni qilsa, Alloh uni bitta yomonlik qilib yozadi», dedilar. Buni Buxoriy va Muslim oʻz ‹Sahih›larida aynan shu soʻzlar bilan rivoyat qilishgan.