عَنْ أَبِي هُرَيْرَة رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُول اللَّهِ صلى الله عليه و سلم إنَّ اللَّهَ تَعَالَى قَالَ: "مَنْ عَادَى لِي وَلِيًّا فَقْد آذَنْتهُ بِالْحَرْبِ، وَمَا تَقَرَّبَ إلَيَّ عَبْدِي بِشَيْءٍ أَحَبَّ إلَيَّ مِمَّا افْتَرَضْتُهُ عَلَيْهِ، وَلَا يَزَالُ عَبْدِي يَتَقَرَّبُ إلَيَّ بِالنَّوَافِلِ حَتَّى أُحِبَّهُ، فَإِذَا أَحْبَبْتُهُ كُنْت سَمْعَهُ الَّذِي يَسْمَعُ بِهِ، وَبَصَرَهُ الَّذِي يُبْصِرُ بِهِ، وَيَدَهُ الَّتِي يَبْطِشُ بِهَا، وَرِجْلَهُ الَّتِي يَمْشِي بِهَا، وَلَئِنْ سَأَلَنِي لَأُعْطِيَنَّهُ، وَلَئِنْ اسْتَعَاذَنِي لَأُعِيذَنَّهُ". [رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ].
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Alloh taolo aytdi: ‹Kim Mening bir doʻstimga (avliyoga) dushmanlik qilsa, Men unga urush eʼlon qilaman. Bandam Menga, Oʻzim unga farz qilgan narsalardan koʻra sevimliroq boʻlgan biror narsa bilan yaqinlashmagan. Bandam Menga nafl (ibodatlar) bilan yaqinlashaveradiki, oxiri Men uni sevib qolaman. Uni sevganimda esa, Men uning eshitadigan qulogʻi, koʻradigan koʻzi, ushlaydigan qoʻli va yuradigan oyogʻi boʻlaman. Agar u Mendan (biror narsa) soʻrasa, albatta beraman; agar Mendan panoh tilasa, albatta panoh beraman›», dedilar. Buni Buxoriy rivoyat qilgan.