عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " يَقُولُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ: الصَّوْمُ لِي، وَأَنَا أَجْزِي بِهِ، يَدَعُ شَهْوَتَهُ وَأَكْلَهُ وَشُرْبَهُ مِنْ أَجْلِي، وَالصَّوْمُ جُنَّةٌ(1)، وَلِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ: فَرْحَةٌ حِينَ يُفْطِرُ، وَفَرْحَةٌ حِينَ يَلْقَى رَبَّهُ، وَلَخُلُوفُ(2) فَمِ الصَّائِمِ أَطْيَبُ عِنْدَ اللَّهِ مِنْ رِيحِ الْمِسْكِ". رواه البخاري (وكذلك مسلم ومالك والترمذي النسائي وابن ماجه)
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qildi: U zot: «Alloh azza va jalla aytadi: ‹Roʻza Men uchundir va uning (mukofotini) Oʻzim beraman. (Banda) shahvatini, yeyish va ichishini Mening yoʻlimda tark qiladi›. Roʻza — (doʻzaxdan) qalqondir. Roʻzador uchun ikki quvonch bor: bir quvonch — iftor qilganida, bir quvonch — Robbiga yoʻliqqanida. Roʻzadorning ogʻzidagi hid Alloh huzurida miskning hididan koʻra xushroqdir», dedilar. Buni Buxoriy (shuningdek Muslim, Molik, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja) rivoyat qilgan.