عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " لَا يَحْقِرْ أَحَدُكُمْ نَفْسَهُ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ يَحْقِرُ أَحَدُنَا نَفْسَهُ؟ قَالَ: يَرَى أَمْرَ الِلَّهِ عَلَيْهِ فِيهِ مَقَالٌ، ثُمَّ لَا يَقُولُ فِيهِ، فَيَقُولُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ لَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ: مَا مَنَعَكَ أَنْ تَقُولَ فِي كَذَا وَكَذَا؟ فَيَقُولُ: خَشْيَةُ النَّاسِ، فَيَقُولُ: فَإِيَّايَ كُنْتَ أَحَقَّ أَنْ تَخْشَى" رواه ابن ماجه بسند صحيح
Abu Said (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ: «Sizlardan biror kishi oʻzini haqir sanamasin», dedilar. «Yo Rasululloh, qanday qilib birimiz oʻzini haqir sanaydi?» deyishdi. U zot: «(Kishi) Alloh (yoʻlida aytilishi lozim) boʻlgan bir ishni koʻradi, biroq u haqda (haq soʻzni) aytmaydi. Shunda Alloh azza va jalla Qiyomat kunida unga: ‹Falon-falon narsada (haq soʻzni) aytishingga nima toʻsqinlik qildi?› deydi. U: ‹Odamlardan qoʻrqqanim›, deydi. Alloh: ‹Aslida Mendan qoʻrqishing haqliroq edi-ku!› deydi», dedilar. Buni Ibn Moja sahih sanad bilan rivoyat qilgan.