حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُمَرَ بْنِ هَيَّاجٍ، حَدَّثَنَا قَبِيصَةُ بْنُ عُقْبَةَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ مَيْمُونٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ الزُّبَيْرِ بْنِ الْعَوَّامِ، أَنَّهُ كَانَتْ عِنْدَهُ أُمُّ كُلْثُومٍ بِنْتُ عُقْبَةَ فَقَالَتْ لَهُ وَهِيَ حَامِلٌ طَيِّبْ نَفْسِي بِتَطْلِيقَةٍ . فَطَلَّقَهَا تَطْلِيقَةً ثُمَّ خَرَجَ إِلَى الصَّلاَةِ فَرَجَعَ وَقَدْ وَضَعَتْ . فَقَالَ مَالَهَا خَدَعَتْنِي خَدَعَهَا اللَّهُ ثُمَّ أَتَى النَّبِيَّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَالَ " سَبَقَ الْكِتَابُ أَجَلَهُ اخْطُبْهَا إِلَى نَفْسِهَا " .
Zubayr ibn al-Avvom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, uning nikohida Umm Kulsum bint Uqba bor edi. U homilador holida Zubayrga: «Bir marta taloq berib, koʻnglimni tinchit», dedi. Shunda Zubayr uni bir marta taloq qildi, soʻng namozga chiqdi. Qaytib kelsa, xotini tuqqan edi. U: «Bunga nima boʻldi, meni aldadi-ku, Alloh uni aldasin!» dedi. Soʻng Nabiy ﷺ huzurlariga keldi. U zot: «Kitob (belgilagan) idda muddati oʻz vaqtidan oʻzib ketdi. Endi unga oʻzidan (yangidan) sovchilik qil», dedilar.