حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عَمَّارٍ، وَمُحَمَّدُ بْنُ الصَّبَّاحِ، قَالاَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الأَعْرَجِ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ، يَبْلُغُ بِهِ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا اسْتَأْذَنَ أَحَدَكُمْ جَارُهُ أَنْ يَغْرِزَ خَشَبَةً فِي جِدَارِهِ فَلاَ يَمْنَعْهُ " . فَلَمَّا حَدَّثَهُمْ أَبُو هُرَيْرَةَ طَأْطَئُوا رُءُوسَهُمْ فَلَمَّا رَآهُمْ قَالَ مَالِي أَرَاكُمْ عَنْهَا مُعْرِضِينَ وَاللَّهِ لأَرْمِيَنَّ بِهَا بَيْنَ أَكْتَافِكُمْ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U buni Nabiy ﷺga yetkazib dedi: «Biringizning qoʻshnisi devoriga bir yogʻoch qadash uchun undan izn soʻrasa, uni man qilmasin». Abu Hurayra ularga buni gapirib bergach, ular boshlarini quyi solishdi. Ularni koʻrgach u: «Nega sizlarni bundan yuz oʻgirayotgan holda koʻryapman? Allohga qasamki, uni albatta yelkalaringiz orasiga otaman», dedi.