حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الأَعْلَى، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ يَحْيَى بْنِ حَبَّانٍ، قَالَ هُوَ جَدِّي مُنْقِذُ بْنُ عَمْرٍو وَكَانَ رَجُلاً قَدْ أَصَابَتْهُ آمَّةٌ فِي رَأْسِهِ فَكَسَرَتْ لِسَانَهُ وَكَانَ لاَ يَدَعُ عَلَى ذَلِكَ التِّجَارَةَ وَكَانَ لاَ يَزَالُ يُغْبَنُ فَأَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ لَهُ " إِذَا أَنْتَ بَايَعْتَ فَقُلْ لاَ خِلاَبَةَ . ثُمَّ أَنْتَ فِي كُلِّ سِلْعَةٍ ابْتَعْتَهَا بِالْخِيَارِ ثَلاَثَ لَيَالٍ فَإِنْ رَضِيتَ فَأَمْسِكْ وَإِنْ سَخِطْتَ فَارْدُدْهَا عَلَى صَاحِبِهَا " .
Munqiz ibn Amr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U bir kishi edi, boshiga jarohat yetib, tili ogʻirlashib qolgan edi. Shunga qaramay u savdoni tark qilmasdi va doim aldanaverardi. Shunda u Paygʻambar ﷺ ning oldilariga kelib, buni u zotga aytdi. U zot unga: «Agar savdo qilsang: ‹Aldash yoʻq›, degin. Soʻng sotib olgan har bir molingda uch kecha ixtiyor egasi boʻlasan: agar rozi boʻlsang, olib qol, agar norozi boʻlsang, uni egasiga qaytar», dedilar.