حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الصَّبَّاحِ، وَسُوَيْدُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي حَازِمٍ، حَدَّثَنِي أَبِي قَالَ، سَأَلْتُ سَهْلَ بْنَ سَعْدٍ هَلْ رَأَيْتَ النَّقِيَّ قَالَ مَا رَأَيْتُ النَّقِيَّ حَتَّى قُبِضَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ . فَقُلْتُ فَهَلْ كَانَ لَهُمْ مَنَاخِلُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ مَا رَأَيْتُ مُنْخُلاً حَتَّى قُبِضَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ . قُلْتُ فَكَيْفَ كُنْتُمْ تَأْكُلُونَ الشَّعِيرَ غَيْرَ مَنْخُولٍ قَالَ نَعَمْ نَنْفُخُهُ فَيَطِيرُ مِنْهُ مَا طَارَ وَمَا بَقِيَ ثَرَّيْنَاهُ .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Undan: «Elangan un donidan tayyorlangan oq nonni koʻrganmisiz?» deb soʻralganda, u: «Rasululloh ﷺ vafot etgunlariga qadar elangan undan qilingan oq nonni koʻrmadim», dedi. Men: «Rasululloh ﷺ zamonlarida ularning elaklari bormidi?» deb soʻradim. U: «Rasululloh ﷺ vafot etgunlariga qadar elakni koʻrmadim», dedi. Men: «Unda arpani elamay qanday yer edingiz?» dedim. U: «Ha, uni puflar edik, uchgani uchib ketardi, qolganini esa xamir qilar edik», dedi.