حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ رَافِعٍ، حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ الأَشْعَرِيُّ، عَنْ عِيسَى بْنِ جَارِيَةَ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ : مَرَّ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ عَلَى رَجُلٍ يُصَلِّي عَلَى صَخْرَةٍ فَأَتَى نَاحِيَةَ مَكَّةَ فَمَكَثَ مَلِيًّا ثُمَّ انْصَرَفَ فَوَجَدَ الرَّجُلَ يُصَلِّي عَلَى حَالِهِ فَقَامَ فَجَمَعَ يَدَيْهِ ثُمَّ قَالَ : " يَا أَيُّهَا النَّاسُ عَلَيْكُمْ بِالْقَصْدِ " . ثَلاَثًا : " فَإِنَّ اللَّهَ لاَ يَمَلُّ حَتَّى تَمَلُّوا " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir tosh ustida namoz oʻqiyotgan kishining yonidan oʻtdilar, soʻng Makka tarafiga borib, bir muddat turdilar. Keyin qaytib kelib, u kishini oldingi holicha namoz oʻqiyotganini koʻrdilar. Shunda u zot turib, ikki qoʻllarini birlashtirdilar-da: «Ey odamlar! Meʼyorni tuting», deb uch marta aytdilar. «Chunki Alloh sizlar toliqmaguningizcha toliqmaydi (savob berishdan charchamaydi)», dedilar.