حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، وَأَبِي، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ شَقِيقٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ قُلْنَا : يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنُؤَاخَذُ بِمَا كُنَّا نَفْعَلُ فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ : " مَنْ أَحْسَنَ فِي الإِسْلاَمِ لَمْ يُؤَاخَذْ بِمَا كَانَ فِي الْجَاهِلِيَّةِ وَمَنْ أَسَاءَ أُخِذَ بِالأَوَّلِ وَالآخِرِ " .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz: «Ey Rasululloh! Johiliyat davrida qilgan ishlarimiz uchun javobgar boʻlamizmi?» deb soʻradik. Rasululloh ﷺ: «Kim Islomda yaxshi (amal) qilsa, johiliyatda qilgani uchun javobgar boʻlmaydi. Kim yomonlik qilsa, avvalgisi ham, keyingisi ham uchun javobgar boʻladi», dedilar.