وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زِيَادِ بْنِ أَبِي زِيَادٍ، أَنَّهُ قَالَ قَالَ أَبُو الدَّرْدَاءِ أَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِخَيْرِ، أَعْمَالِكُمْ وَأَرْفَعِهَا فِي دَرَجَاتِكُمْ وَأَزْكَاهَا عِنْدَ مَلِيكِكُمْ وَخَيْرٍ لَكُمْ مِنْ إِعْطَاءِ الذَّهَبِ وَالْوَرِقِ وَخَيْرٍ لَكُمْ مِنْ أَنْ تَلْقَوْا عَدُوَّكُمْ فَتَضْرِبُوا أَعْنَاقَهُمْ وَيَضْرِبُوا أَعْنَاقَكُمْ قَالُوا بَلَى . قَالَ ذِكْرُ اللَّهِ تَعَالَى . قَالَ زِيَادُ بْنُ أَبِي زِيَادٍ وَقَالَ أَبُو عَبْدِ الرَّحْمَنِ مُعَاذُ بْنُ جَبَلٍ مَا عَمِلَ ابْنُ آدَمَ مِنْ عَمَلٍ أَنْجَى لَهُ مِنْ عَذَابِ اللَّهِ مِنْ ذِكْرِ اللَّهِ .
Ziyod ibn Abu Ziyod (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: Abu Dardo (roziyallohu anhu): «Sizlarga amallaringizning eng yaxshisini, darajalaringizni eng koʻtaruvchisini, Egangiz huzurida eng pokini, siz uchun oltin-kumush sadaqa qilishdan koʻra afzalini, dushmaningizga roʻbaroʻ kelib, ularning boʻyinlarini urishingiz va ular sizning boʻyinlaringizni urishidan koʻra yaxshisini aytaymi?» dedi. Ular: «Ha, ayting», dedilar. U: «Allohni zikr qilishdir», dedi. Ziyod ibn Abu Ziyod aytdi: Abu Abdurrahmon Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) ham: «Odam farzandi Allohning azobidan qutqaruvchiroq boʻlgan hech bir amalni Allohni zikr qilishdek qila olmagan», degan.