حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم تُوُفِّيَ يَوْمَ الاِثْنَيْنِ وَدُفِنَ يَوْمَ الثُّلاَثَاءِ وَصَلَّى النَّاسُ عَلَيْهِ أَفْذَاذًا لاَ يَؤُمُّهُمْ أَحَدٌ . فَقَالَ نَاسٌ يُدْفَنُ عِنْدَ الْمِنْبَرِ . وَقَالَ آخَرُونَ يُدْفَنُ بِالْبَقِيعِ . فَجَاءَ أَبُو بَكْرٍ الصِّدِّيقُ فَقَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَا دُفِنَ نَبِيٌّ قَطُّ إِلاَّ فِي مَكَانِهِ الَّذِي تُوُفِّيَ فِيهِ " . فَحُفِرَ لَهُ فِيهِ فَلَمَّا كَانَ عِنْدَ غُسْلِهِ أَرَادُوا نَزْعَ قَمِيصِهِ فَسَمِعُوا صَوْتًا يَقُولُ لاَ تَنْزِعُوا الْقَمِيصَ فَلَمْ يُنْزَعِ الْقَمِيصُ وَغُسِّلَ وَهُوَ عَلَيْهِ صلى الله عليه وسلم .
Molikka yetib kelishicha, Rasululloh ﷺ dushanba kuni vafot etdilar, seshanba kuni dafn etildilar. Odamlar u zotga yakka-yakka, hech kim ularga imomlik qilmagan holda janoza namozi oʻqidilar. Baʼzi odamlar: «Minbar yoniga dafn etilsin», dedilar. Boshqalar: «Baqiʼga dafn etilsin», dedilar. Shunda Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu) kelib: «Men Rasululloh ﷺ ning: ‹Hech bir Paygʻambar faqat oʻzi vafot etgan joyidagina dafn etiladi›, deganlarini eshitganman», dedi. Bas, u zotga oʻsha yerda qabr qazildi. U zotni gʻusl qilish paytida koʻylagini yechmoqchi boʻlishganda, ular: «Koʻylakni yechmanglar», degan ovozni eshitdilar. Shundan koʻylak yechilmadi va u zot ﷺ koʻylaklari ustidan gʻusl qilindilar.