حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهَا قَالَتْ كَانَ يَوْمُ عَاشُورَاءَ يَوْمًا تَصُومُهُ قُرَيْشٌ فِي الْجَاهِلِيَّةِ وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصُومُهُ فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَلَمَّا قَدِمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْمَدِينَةَ صَامَهُ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ فَلَمَّا فُرِضَ رَمَضَانُ كَانَ هُوَ الْفَرِيضَةَ وَتُرِكَ يَوْمُ عَاشُورَاءَ فَمَنْ شَاءَ صَامَهُ وَمَنْ شَاءَ تَرَكَهُ .
Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, u: «Oshuro kuni johiliyat davrida Quraysh roʻza tutadigan kun edi. Rasululloh ﷺ ham johiliyatda uni roʻza tutar edilar. Rasululloh ﷺ Madinaga kelganlarida uni roʻza tutdilar va uni roʻza tutishni buyurdilar. Ramazon farz qilinganidan soʻng, farz oʻsha (Ramazon) boʻldi va Oshuro kuni (roʻzasi) tark etildi. Kim xohlasa uni tutar, kim xohlasa tutmas edi», dedi.