وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّ أَبَا مُوسَى الأَشْعَرِيَّ، أَتَى عَائِشَةَ زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ لَهَا لَقَدْ شَقَّ عَلَىَّ اخْتِلاَفُ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي أَمْرٍ إِنِّي لأُعْظِمُ أَنْ أَسْتَقْبِلَكِ بِهِ . فَقَالَتْ مَا هُوَ مَا كُنْتَ سَائِلاً عَنْهُ أُمَّكَ فَسَلْنِي عَنْهُ . فَقَالَ الرَّجُلُ يُصِيبُ أَهْلَهُ ثُمَّ يُكْسِلُ وَلاَ يُنْزِلُ فَقَالَتْ إِذَا جَاوَزَ الْخِتَانُ الْخِتَانَ فَقَدْ وَجَبَ الْغُسْلُ . فَقَالَ أَبُو مُوسَى الأَشْعَرِيُّ لاَ أَسْأَلُ عَنْ هَذَا أَحَدًا بَعْدَكِ أَبَدًا .
Said ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abu Muso al-Ashʼariy Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)ning oldiga kelib, unga: «Nabiy ﷺ ning sahobalari bir masalada ixtilof qilgani menga ogʻir botdi, uni sizga aytishga ham uyalaman», dedi. U (Oisha): «Bu nima? Onangdan soʻramoqchi boʻlgan narsangni mendan soʻrayver», dedi. Shunda u kishi: «Erkak xotiniga yaqinlashib, soʻng (harakatdan) toʻxtasa-yu, maniy chiqmasa (nima boʻladi)?» dedi. U: «Xatna joyi xatna joyidan oʻtsa, gʻusl vojib boʻladi», dedi. Abu Muso al-Ashʼariy: «Bundan keyin bu haqda sizdan boshqa hech kimdan hech qachon soʻramayman», dedi.