وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نُعَيْمِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ الْمَدَنِيِّ الْمُجْمِرِ، أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ، يَقُولُ مَنْ تَوَضَّأَ فَأَحْسَنَ وُضُوءَهُ ثُمَّ خَرَجَ عَامِدًا إِلَى الصَّلاَةِ فَإِنَّهُ فِي صَلاَةٍ مَادَامَ يَعْمِدُ إِلَى الصَّلاَةِ وَإِنَّهُ يُكْتَبُ لَهُ بِإِحْدَى خُطْوَتَيْهِ حَسَنَةٌ وَيُمْحَى عَنْهُ بِالأُخْرَى سَيِّئَةٌ فَإِذَا سَمِعَ أَحَدُكُمُ الإِقَامَةَ فَلاَ يَسْعَ فَإِنَّ أَعْظَمَكُمْ أَجْرًا أَبْعَدُكُمْ دَارًا . قَالُوا لِمَ يَا أَبَا هُرَيْرَةَ قَالَ مِنْ أَجْلِ كَثْرَةِ الْخُطَا .
Nuʼaym ibn Abdulloh al-Madaniy al-Mujmir (rahimahulloh) Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdi: «Kim tahorat olib, uni chiroyli qilsa, soʻng namozni koʻzlab (masjidga) chiqsa, u toki namozni koʻzlab borar ekan, namozda (sanaladi). Uning ikki qadamidan biriga bir yaxshilik yoziladi, boshqasi (evaziga) esa undan bir yomonlik oʻchiriladi. Sizlardan biringiz iqomani eshitsa, shoshilib yugurmasin, chunki sizlardan eng koʻp ajr oladiganingiz uyi eng uzoq boʻlganingizdir». Ular: «Nega, ey Abu Hurayra?» dedilar. U: «Qadamlarning koʻpligi sababli», dedi.