وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْمُجَبَّرِ، أَنَّهُ رَأَى سَالِمَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ يَخْرُجُ مِنْ أَنْفِهِ الدَّمُ حَتَّى تَخْتَضِبَ أَصَابِعُهُ ثُمَّ يَفْتِلُهُ ثُمَّ يُصَلِّي وَلاَ يَتَوَضَّأُ .
Abdurrahmon ibn al-Mujabbar (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u Solim ibn Abdullohning burnidan qon chiqib, barmoqlari qizarib ketganini koʻrdi. Soʻng u (qonni) ishqalab (artib), tahorat olmay namoz oʻqidi.