وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ لاَ يَغْسِلُ رَأْسَهُ وَهُوَ مُحْرِمٌ إِلاَّ مِنَ الاِحْتِلاَمِ . قَالَ مَالِكٌ سَمِعْتُ أَهْلَ الْعِلْمِ يَقُولُونَ لاَ بَأْسَ أَنْ يَغْسِلَ الرَّجُلُ الْمُحْرِمُ رَأْسَهُ بِالْغَسُولِ بَعْدَ أَنْ يَرْمِيَ جَمْرَةَ الْعَقَبَةِ وَقَبْلَ أَنْ يَحْلِقَ رَأْسَهُ وَذَلِكَ أَنَّهُ إِذَا رَمَى جَمْرَةَ الْعَقَبَةِ فَقَدْ حَلَّ لَهُ قَتْلُ الْقَمْلِ وَحَلْقُ الشَّعْرِ وَإِلْقَاءُ التَّفَثِ وَلُبْسُ الثِّيَابِ .
Nofeʼdan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) ehromda boʻlganida, faqat ehtilomdan (boʻlgan janobat) uchungina boshini yuvar edi. Molik aytdi: «Men ilm ahlining shunday deganini eshitdim: ‹Ehromdagi kishi Jamratul-Aqabaga tosh otganidan soʻng, boshini olishidan (soch oldirishidan) oldin boshini gʻasul (yuvish vositasi) bilan yuvishida zarar yoʻq›. Chunki u Jamratul-Aqabaga tosh otsa, unga bit oʻldirish, sochni olish, kirlarni (tana tuklarini) tozalash va (odatdagi) kiyimlarni kiyish halol boʻladi».