وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ إِذَا دَنَا مِنْ مَكَّةَ بَاتَ بِذِي طُوًى بَيْنَ الثَّنِيَّتَيْنِ حَتَّى يُصْبِحَ ثُمَّ يُصَلِّي الصُّبْحَ ثُمَّ يَدْخُلُ مِنَ الثَّنِيَّةِ الَّتِي بِأَعْلَى مَكَّةَ وَلاَ يَدْخُلُ إِذَا خَرَجَ حَاجًّا أَوْ مُعْتَمِرًا حَتَّى يَغْتَسِلَ قَبْلَ أَنْ يَدْخُلَ مَكَّةَ إِذَا دَنَا مِنْ مَكَّةَ بِذِي طُوًى وَيَأْمُرُ مَنْ مَعَهُ فَيَغْتَسِلُونَ قَبْلَ أَنْ يَدْخُلُوا .
Nofeʼdan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) Makkaga yaqinlashganida, Zu Tuvoda ikki dovon orasida tonggacha tunar, soʻng bomdodni oʻqir, keyin Makkaning yuqori (qismi)dagi dovon orqali kirar edi. U haj yoki umra qilib chiqqanida, Makkaga yaqinlashib, Zu Tuvoda Makkaga kirishdan avval gʻusl qilmaguncha (Makkaga) kirmas edi va oʻzi bilan boʻlganlarga ham buyurar — ular (Makkaga) kirishdan avval gʻusl qilar edilar.