وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَالِمِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ، يُحَدِّثُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ أَنَّهُ مَرَّ بِهِ قَوْمٌ مُحْرِمُونَ بِالرَّبَذَةِ فَاسْتَفْتَوْهُ فِي لَحْمِ صَيْدٍ وَجَدُوا نَاسًا أَحِلَّةً يَأْكُلُونَهُ فَأَفْتَاهُمْ بِأَكْلِهِ قَالَ ثُمَّ قَدِمْتُ الْمَدِينَةَ عَلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ بِمَ أَفْتَيْتَهُمْ قَالَ فَقُلْتُ أَفْتَيْتُهُمْ بِأَكْلِهِ . قَالَ فَقَالَ عُمَرُ لَوْ أَفْتَيْتَهُمْ بِغَيْرِ ذَلِكَ لأَوْجَعْتُكَ .
Solim ibn Abdulloh eshitishicha, Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ga soʻzlab berdiki, Rabazada uning yonidan ehromdagi bir qavm oʻtib, undan, ehromda boʻlmagan kishilar yeyayotgan ov goʻshti haqida fatvo soʻradilar, u esa uni yeyishga fatvo berdi. Abu Hurayra dedi: «Soʻng Madinaga, Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning oldiga keldim va undan bu haqda soʻradim. U: ‹Ularga nima deb fatvo berding?› dedi. Men: ‹Ularni yeyishga fatvo berdim›, dedim. Shunda Umar: ‹Agar ularga boshqacha fatvo berganingda, seni ogʻritardim (jazolardim)›, dedi».