وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ يَقُولُ إِذَا نُتِجَتِ النَّاقَةُ فَلْيُحْمَلْ وَلَدُهَا حَتَّى يُنْحَرَ مَعَهَا فَإِنْ لَمْ يُوجَدْ لَهُ مَحْمَلٌ حُمِلَ عَلَى أُمِّهِ حَتَّى يُنْحَرَ مَعَهَا .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo): «Agar (hadyga haydalayotgan) urgʻochi tuya bolalasa, uning bolasi ham u bilan birga soʻyilguncha (koʻtarib) olib borilsin. Agar uni koʻtarishga imkon topilmasa, u onasi bilan birga soʻyilguncha onasining ustiga ortib olib borilsin», derdi.