وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ ثَوْرِ بْنِ زَيْدٍ الدِّيلِيِّ، عَنْ عِكْرِمَةَ، مَوْلَى ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ لاَ أَظُنُّهُ إِلاَّ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ قَالَ الَّذِي يُصِيبُ أَهْلَهُ قَبْلَ أَنْ يُفِيضَ يَعْتَمِرُ وَيُهْدِي .
Savr ibn Zayd ad-Diliy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ibn Abbosning mavlosi Ikrima (rahimahulloh) — Savr: «Buni faqat Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan (rivoyat qilinadi) deb oʻylayman», dedi — shunday dedi: «Ifoza tavofini qilishdan avval ahli bilan yaqinlik qilgan kishi umra qilsin va bir jonliq (hadiy) soʻysin».