وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْقَاسِمِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ النَّاسَ، كَانُوا إِذَا رَمَوُا الْجِمَارَ مَشَوْا ذَاهِبِينَ وَرَاجِعِينَ وَأَوَّلُ مَنْ رَكِبَ مُعَاوِيَةُ بْنُ أَبِي سُفْيَانَ .
Al-Qosim (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Odamlar jamralarni toshboʻron qilganlarida borishda ham, qaytishda ham piyoda yurar edilar. Birinchi boʻlib (ulov) mingan kishi Muoviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhu) boʻldi.