وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الرِّجَالِ، مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ عَنْ عَمْرَةَ بِنْتِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، . أَنَّ عَائِشَةَ أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ، كَانَتْ إِذَا حَجَّتْ وَمَعَهَا نِسَاءٌ تَخَافُ أَنْ يَحِضْنَ قَدَّمَتْهُنَّ يَوْمَ النَّحْرِ فَأَفَضْنَ فَإِنْ حِضْنَ بَعْدَ ذَلِكَ لَمْ تَنْتَظِرْهُنَّ فَتَنْفِرُ بِهِنَّ - وَهُنَّ حُيَّضٌ - إِذَا كُنَّ قَدْ أَفَضْنَ .
Amra bint Abdurrahmon (rahimahalloh)dan rivoyat qilinadiki, Oisha — moʻʼminlar onasi (roziyallohu anho) yonida hayz koʻrishidan xavf qilingan ayollar bilan haj qilganda, ularni qurbon kuni oldinroq joʻnatib, ifoza (tavofi)ni qildirar edi. Agar undan keyin hayz koʻrsalar, ularni kutmas, — modomiki ifozani qilib boʻlgan boʻlsalar — hayzli hollarida ularni (olib) joʻnab ketaverardi.