وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، قَالَ كَتَبَ أَبُو عُبَيْدَةَ بْنُ الْجَرَّاحِ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ يَذْكُرُ لَهُ جُمُوعًا مِنَ الرُّومِ وَمَا يَتَخَوَّفُ مِنْهُمْ فَكَتَبَ إِلَيْهِ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ أَمَّا بَعْدُ فَإِنَّهُ مَهْمَا يَنْزِلْ بِعَبْدٍ مُؤْمِنٍ مِنْ مُنْزَلِ شِدَّةٍ يَجْعَلِ اللَّهُ بَعْدَهُ فَرَجًا وَإِنَّهُ لَنْ يَغْلِبَ عُسْرٌ يُسْرَيْنِ وَأَنَّ اللَّهَ تَعَالَى يَقُولُ فِي كِتَابِهِ {يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اصْبِرُوا وَصَابِرُوا وَرَابِطُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ }
Zayd ibn Aslam (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Abu Ubayda ibn Jarroh Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ga Rum (qoʻshinlari)ning katta toʻdalari va ulardan xavotirlanayotgani haqida (xat) yozdi. Umar ibn al-Xattob unga (javoban) shunday deb yozdi: «Ammo baʼd: muʼmin bandaga qanchalik ogʻir holat tushmasin, Alloh undan keyin (albatta) kengchilik beradi. Bir qiyinchilik ikkita yengillikdan gʻolib kelolmaydi. Alloh taolo Oʻz Kitobida shunday deydi: {Ey iymon keltirganlar! Sabr qilinglar, sabrda (dushmandan) ustun kelinglar, (jihodga) tayyor turinglar va Allohdan qoʻrqinglar, shoyad najot topgaysiz} (Oli Imron 200)».