وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ السَّمَّانِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لَوْلاَ أَنْ أَشُقَّ عَلَى أُمَّتِي لأَحْبَبْتُ أَنْ لاَ أَتَخَلَّفَ عَنْ سَرِيَّةٍ تَخْرُجُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلَكِنِّي لاَ أَجِدُ مَا أَحْمِلُهُمْ عَلَيْهِ وَلاَ يَجِدُونَ مَا يَتَحَمَّلُونَ عَلَيْهِ فَيَخْرُجُونَ وَيَشُقُّ عَلَيْهِمْ أَنْ يَتَخَلَّفُوا بَعْدِي فَوَدِدْتُ أَنِّي أُقَاتِلُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَأُقْتَلُ ثُمَّ أُحْيَا فَأُقْتَلُ ثُمَّ أُحْيَا فَأُقْتَلُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ummatimga (mashaqqat) ogʻirlik qilishni istamaganimda edi, Alloh yoʻlida chiqadigan hech bir sariyadan ortda qolmaslikni yaxshi koʻrardim. Lekin men ularni mindirib yuboradigan (ulov) topa olmayman, ular (ham) minib chiqadigan narsa topa olmaydilar; mendan ortda qolishsa, ularga ogʻir botadi. Men Alloh yoʻlida jang qilib oʻldirilishimni, soʻng tiriltirilib yana oʻldirilishimni, soʻng tiriltirilib yana oʻldirilishimni istardim», dedilar.