حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا ذَهَبَ إِلَى قُبَاءٍ يَدْخُلُ عَلَى أُمِّ حَرَامٍ بِنْتِ مِلْحَانَ فَتُطْعِمُهُ وَكَانَتْ أُمُّ حَرَامٍ تَحْتَ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ فَدَخَلَ عَلَيْهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمًا فَأَطْعَمَتْهُ وَجَلَسَتْ تَفْلِي فِي رَأْسِهِ فَنَامَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ Quboga borganlarida, Umm Harom bint Milhonnikiga kirar edilar, u (Umm Harom) ularni taomlantirar edi. Umm Harom Uboda ibn Somitning (xotini) nikohida edi. Bir kuni Rasululloh ﷺ uning oldiga kirdilar, u ularni taomlantirdi va oʻtirib, u zotning boshlarini (tarab, bitini) qarar edi. Shunda Rasululloh ﷺ uxlab (mudrab) qoldilar, soʻng kulib uygʻondilar. Umm Harom: «Sizni nima kuldirmoqda, yo Rasululloh?» dedi. U zot: «Ummatimdan bir guruh menga koʻrsatildi — ular Alloh yoʻlida gʻazot qilib, dengizning oʻrtasida, taxtlar ustida (oʻtirgan) podshohlar kabi yoxud taxtlardagi podshohlar kabi suzib borar edilar», dedilar. U (ayol): «Yo Rasululloh, Allohga duo qiling, meni (ham) ular qatoriga (qoʻshsin)!» dedi. U zot unga duo qildilar, soʻng boshlarini qoʻyib uxladilar. Keyin yana kulib uygʻondilar, u (ayol): «Yo Rasululloh, nima uchun kulyapsiz?» dedi. U zot birinchi martadagidek (yana): «Ummatimdan bir guruh menga koʻrsatildi — ular Alloh yoʻlida gʻazot qilib, taxtlar ustidagi podshohlar kabi yoxud taxtlardagi podshohlar kabi (edilar)», dedilar. U: «Yo Rasululloh, Allohga duo qiling, meni ular qatoriga (qoʻshsin)!» dedi. U zot: «Sen (ana oʻsha) avvalgilardansan», dedilar. (Roviy Ishoq qoʻshimcha qildi:) U (Umm Harom) Muoviya davrida dengizda safar qildi va (qirgʻoqqa) tushganda ulovidan yiqilib, halok boʻldi.