وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَيَّاشِ بْنِ أَبِي رَبِيعَةَ الْمَخْزُومِيَّ، أَمَرَ غُلاَمًا لَهُ أَنْ يَذْبَحَ ذَبِيحَةً فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَذْبَحَهَا قَالَ لَهُ سَمِّ اللَّهَ . فَقَالَ لَهُ الْغُلاَمُ قَدْ سَمَّيْتُ . فَقَالَ لَهُ سَمِّ اللَّهَ وَيْحَكَ . قَالَ لَهُ قَدْ سَمَّيْتُ اللَّهَ . فَقَالَ لَهُ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَيَّاشٍ وَاللَّهِ لاَ أَطْعَمُهَا أَبَدًا .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Ayyosh ibn Abu Robia al-Maxzumiy oʻz quliga bir (jonliq) molni soʻyishni buyurdi. (Qul) uni soʻymoqchi boʻlganda, (Abdulloh) unga: «Allohning nomini ayt (‹bismillah› de)», dedi. Qul unga: «Aytdim», dedi. U: «Allohning nomini ayt, senga voy boʻlsin!» dedi. (Qul) unga: «Allohning nomini aytdim», dedi. Shunda Abdulloh ibn Ayyosh unga: «Vallohi, men uni hech qachon yemayman», dedi.