وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ رَجُلٍ، مِنَ الأَنْصَارِ عَنْ مُعَاذِ بْنِ سَعْدٍ، أَوْ سَعْدِ بْنِ مُعَاذٍ أَنَّ جَارِيَةً، لِكَعْبِ بْنِ مَالِكٍ كَانَتْ تَرْعَى غَنَمًا لَهَا بِسَلْعٍ فَأُصِيبَتْ شَاةٌ مِنْهَا فَأَدْرَكَتْهَا فَذَكَّتْهَا بِحَجَرٍ فَسُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ " لاَ بَأْسَ بِهَا فَكُلُوهَا " .
Nofeʼ (rahimahulloh) ansorlardan boʻlgan bir kishidan, u Muoz ibn Saʼd yoki Saʼd ibn Muozdan rivoyat qiladiki, Kaʼb ibn Molik (roziyallohu anhu)ning bir choʻrisi Salʼ (togʻi)da oʻz qoʻylarini boqib yurgan edi. Ulardan bir qoʻy (oʻlimga yaqin holga) tushdi, u (choʻri) unga yetib borib, uni tosh bilan soʻydi. Bu haqda Rasululloh ﷺdan soʻraldi, u zot: «Unda zarar yoʻq, uni yenglar», dedilar.