حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّهُ قَالَ رَمَيْتُ طَائِرَيْنِ بِحَجَرٍ وَأَنَا بِالْجُرْفِ، فَأَصَبْتُهُمَا فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَمَاتَ فَطَرَحَهُ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ وَأَمَّا الآخَرُ فَذَهَبَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ يُذَكِّيهِ بِقَدُومٍ فَمَاتَ قَبْلَ أَنْ يُذَكِّيَهُ فَطَرَحَهُ عَبْدُ اللَّهِ أَيْضًا .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Men Jurf (degan joy)da ekanimda ikkita qushni tosh bilan otib, ikkalasiga ham tegdim. Biri oʻldi, uni Abdulloh ibn Umar tashlab yubordi. Ikkinchisini esa Abdulloh ibn Umar tesha bilan soʻymoqchi boʻldi, biroq u soʻyilmasidan avval oʻlib qoldi, shunda Abdulloh uni ham tashlab yubordi».