وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ رَجُلاً، جَاءَ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ فَقَالَ إِنِّي طَلَّقْتُ امْرَأَتِي ثَمَانِيَ تَطْلِيقَاتٍ . فَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ فَمَاذَا قِيلَ لَكَ قَالَ قِيلَ لِي إِنَّهَا قَدْ بَانَتْ مِنِّي . فَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ صَدَقُوا مَنْ طَلَّقَ كَمَا أَمَرَهُ اللَّهُ فَقَدْ بَيَّنَ اللَّهُ لَهُ وَمَنْ لَبَسَ عَلَى نَفْسِهِ لَبْسًا جَعَلْنَا لَبْسَهُ مُلْصَقًا بِهِ لاَ تَلْبِسُوا عَلَى أَنْفُسِكُمْ وَنَتَحَمَّلَهُ عَنْكُمْ هُوَ كَمَا يَقُولُونَ .
Molikka yetib kelishicha, bir kishi Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) huzuriga kelib: «Men xotinimni sakkiz marta taloq qildim», dedi. Ibn Masʼud unga: «Senga nima deyildi?» dedi. U: «Menga, u mendan (butunlay) ajralib boʻlgan, deyildi», dedi. Ibn Masʼud: «Rost aytishibdi. Kim Alloh buyurgandek taloq qilsa, Alloh unga (hukmni) bayon qilib bergan; kim oʻz-oʻzini chalkashlikka solsa, biz uning chalkashligini oʻzining boʻyniga yuklaymiz. Oʻzlaringizni chalkashtirib, uni bizga yuklamanglar. (Gap) ular aytganidek», dedi.