حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ رَجُلاً، جَاءَ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ فَقَالَ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ إِنِّي جَعَلْتُ أَمْرَ امْرَأَتِي فِي يَدِهَا فَطَلَّقَتْ نَفْسَهَا فَمَاذَا تَرَى فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ أُرَاهُ كَمَا قَالَتْ . فَقَالَ الرَّجُلُ لاَ تَفْعَلْ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ . فَقَالَ ابْنُ عُمَرَ أَنَا أَفْعَلُ أَنْتَ فَعَلْتَهُ .
Molikka yetib kelishicha, bir kishi Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) huzuriga kelib: «Ey Abu Abdurrahmon! Men xotinimning ishini oʻz qoʻliga berdim, u esa oʻzini taloq qildi. Bu haqda nima deysiz?» dedi. Abdulloh ibn Umar: «Men buni u aytganidek deb bilaman», dedi. U kishi: «Unday qilmang, ey Abu Abdurrahmon!» dedi. Ibn Umar: «Men qilyapmanmi? Buni sen qilding», dedi.