وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّهُ قَالَ إِذَا مَلَّكَ الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ أَمْرَهَا فَلَمْ تُفَارِقْهُ وَقَرَّتْ عِنْدَهُ فَلَيْسَ ذَلِكَ بِطَلاَقٍ . قَالَ مَالِكٌ فِي الْمُمَلَّكَةِ إِذَا مَلَّكَهَا زَوْجُهَا أَمْرَهَا ثُمَّ افْتَرَقَا وَلَمْ تَقْبَلْ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا فَلَيْسَ بِيَدِهَا مِنْ ذَلِكَ شَىْءٌ وَهُوَ لَهَا مَا دَامَا فِي مَجْلِسِهِمَا .
Yahyo ibn Saʼid (rahimahulloh) Saʼid ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilishicha, u: «Kishi xotiniga oʻz ishini topshirsa-yu, ayol undan ajralmay, uning yonida qolsa, bu taloq emas», dedi. Molik oʻz ishi (ixtiyori) topshirilgan ayol haqida aytdi: «Eri unga oʻz ishini topshirsa, soʻng ular ajralib ketishsa va ayol bundan hech narsani qabul qilmagan boʻlsa, u holda ayol qoʻlida bu (ixtiyor)dan hech narsa qolmaydi. U (ixtiyor) ayolga faqat ikkalasi (bir) majlisda turgunlaricha (tegishli) boʻladi».