حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ جَعْفَرِ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ إِذَا آلَى الرَّجُلُ مِنِ امْرَأَتِهِ لَمْ يَقَعْ عَلَيْهِ طَلاَقٌ وَإِنْ مَضَتِ الأَرْبَعَةُ الأَشْهُرِ حَتَّى يُوقَفَ فَإِمَّا أَنْ يُطَلِّقَ وَإِمَّا أَنْ يَفِيءَ . قَالَ مَالِكٌ وَذَلِكَ الأَمْرُ عِنْدَنَا .
Jaʼfar ibn Muhammad (rahimahulloh) otasidan, u esa Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilishicha, u (Ali): «Kishi xotinidan iylo qilsa (yaqinlashmaslikka qasam ichsa), toʻrt oy oʻtsa ham, unga (darhol) taloq tushmaydi — toki u (qozi oldida) toʻxtatilib: yo taloq qiladi, yo (qasamdan) qaytadi», der edi. Molik aytdi: «Bizning oldimizdagi (amal) shudir».