حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَسَأَلَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مُرْهُ فَلْيُرَاجِعْهَا ثُمَّ يُمْسِكْهَا حَتَّى تَطْهُرَ ثُمَّ تَحِيضَ ثُمَّ تَطْهُرَ ثُمَّ إِنْ شَاءَ أَمْسَكَ بَعْدُ وَإِنْ شَاءَ طَلَّقَ قَبْلَ أَنْ يَمَسَّ فَتِلْكَ الْعِدَّةُ الَّتِي أَمَرَ اللَّهُ أَنْ يُطَلَّقَ لَهَا النِّسَاءُ " .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) Rasululloh ﷺ zamonlarida xotinini hayzli holida taloq qildi. Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) bu haqda Rasululloh ﷺdan soʻradi. Rasululloh ﷺ: «Unga buyur, uni qaytarib olsin, soʻng u pok boʻlgunicha, keyin hayz koʻrib, yana pok boʻlgunicha uni (nikohida) ushlab tursin; soʻng xohlasa shundan keyin ushlab qolsin, xohlasa qoʻl tekkizmasdan oldin taloq qilsin. Ana shu — Alloh ayollar taloq qilinishini buyurgan iddadir», dedilar.