حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عَلِيَّ بْنَ أَبِي طَالِبٍ، قَالَ فِي الْحَكَمَيْنِ اللَّذَيْنِ قَالَ اللَّهُ تَعَالَى {وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُوا حَكَمًا مِنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِنْ أَهْلِهَا إِنْ يُرِيدَا إِصْلاَحًا يُوَفِّقِ اللَّهُ بَيْنَهُمَا إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا} إِنَّ إِلَيْهِمَا الْفُرْقَةَ بَيْنَهُمَا وَالاِجْتِمَاعَ . قَالَ مَالِكٌ وَذَلِكَ أَحْسَنُ مَا سَمِعْتُ مِنْ أَهْلِ الْعِلْمِ أَنَّ الْحَكَمَيْنِ يَجُوزُ قَوْلُهُمَا بَيْنَ الرَّجُلِ وَامْرَأَتِهِ فِي الْفُرْقَةِ وَالاِجْتِمَاعِ .
Molikka yetib kelishicha, Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) Alloh taolo: {Agar er-xotin oʻrtasidagi nizodan qoʻrqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam yuboringlar. Agar ikkovi (er-xotin) yarashishni istasalar, Alloh ular orasini muvofiqlashtiradi. Albatta Alloh biluvchi va xabardor Zotdir} (Niso 35) degan ikki hakam haqida shunday dedi: Ular orasidagi ajratish ham, birlashtirish ham oʻsha ikkovining (hakamlarning) qoʻlidadir. Molik aytdi: Bu — men ilm ahlidan eshitgan (soʻzlarning) eng yaxshisidir: er bilan xotini oʻrtasida ajratish yoki birlashtirish borasida ikki hakamning soʻzi joizdir (oʻtadi).