وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ سَعِيدَ بْنَ الْمُسَيَّبِ، وَسُلَيْمَانَ بْنَ يَسَارٍ، سُئِلاَ عَنْ طَلاَقِ السَّكْرَانِ، فَقَالاَ إِذَا طَلَّقَ السَّكْرَانُ جَازَ طَلاَقُهُ وَإِنْ قَتَلَ قُتِلَ بِهِ . قَالَ مَالِكٌ وَعَلَى ذَلِكَ الأَمْرُ عِنْدَنَا .
Molikka yetib kelishicha, Said ibn al-Musayyab va Sulaymon ibn Yasordan mast (kishi)ning taloqi haqida soʻralganda, ular: «Mast kishi taloq qoʻysa, taloqi oʻtadi (joizdir); agar (mast holida) odam oʻldirsa, uning evaziga oʻldiriladi», dedilar. Molik aytdi: «Bizning nazdimizda amal shunga muvofiqdir».