وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي عُبَيْدٍ، مَوْلَى سُلَيْمَانَ بْنِ عَبْدِ الْمَلِكِ عَنْ عُبَادَةَ بْنِ نُسَىٍّ، عَنْ قَيْسِ بْنِ الْحَارِثِ، عَنْ أَبِي عَبْدِ اللَّهِ الصُّنَابِحِيِّ، قَالَ قَدِمْتُ الْمَدِينَةَ فِي خِلاَفَةِ أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ فَصَلَّيْتُ وَرَاءَهُ الْمَغْرِبَ فَقَرَأَ فِي الرَّكْعَتَيْنِ الأُولَيَيْنِ بِأُمِّ الْقُرْآنِ وَسُورَةٍ سُورَةٍ مِنْ قِصَارِ الْمُفَصَّلِ ثُمَّ قَامَ فِي الثَّالِثَةِ فَدَنَوْتُ مِنْهُ حَتَّى إِنَّ ثِيَابِي لَتَكَادُ أَنْ تَمَسَّ ثِيَابَهُ فَسَمِعْتُهُ قَرَأَ بِأُمِّ الْقُرْآنِ وَبِهَذِهِ الآيَةِ {رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ}.
Abu Abdulloh as-Sunobihiy (rahimahulloh) shunday dedi: «Men Madinaga Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu)ning xilofati davrida keldim va uning orqasida shom namozini oʻqidim. U dastlabki ikki rakatda Fotiha (Ummul-Qurʼon) hamda qisqa mufassaldan bittadan sura oʻqidi. Soʻng uchinchi rakatga turdi. Men unga shunchalik yaqinlashdimki, kiyimlarim uning kiyimlariga tegay deb qoldi. Shunda men uning Fotiha va mana bu oyatni oʻqiganini eshitdim: {Robbano, bizni hidoyat qilganingdan soʻng dillarimizni (haqdan) ogʻdirma va bizga Oʻz huzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen (koʻp ato etuvchi) Vahhobdirsan} (Oli Imron, 8)».