وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْقَاسِمِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّهُ أَخْبَرَهُ أَنَّهُ، كَانَ يَرَى عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ يَتَرَبَّعُ فِي الصَّلاَةِ إِذَا جَلَسَ قَالَ فَفَعَلْتُهُ وَأَنَا يَوْمَئِذٍ حَدِيثُ السِّنِّ فَنَهَانِي عَبْدُ اللَّهِ وَقَالَ إِنَّمَا سُنَّةُ الصَّلاَةِ أَنْ تَنْصِبَ رِجْلَكَ الْيُمْنَى وَتَثْنِيَ رِجْلَكَ الْيُسْرَى . فَقُلْتُ لَهُ فَإِنَّكَ تَفْعَلُ ذَلِكَ . فَقَالَ إِنَّ رِجْلَىَّ لاَ تَحْمِلاَنِّي .
Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umar (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u otasi Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ni namozda oʻtirganida chordana qurib oʻtirganini koʻrar edi. U aytdi: «Men ham shunday qildim, oʻsha kunlarda yosh edim. Abdulloh meni bundan qaytardi va: ‹Namozning sunnati — oʻng oyoqni tik qoʻyib, chap oyoqni bukib oʻtirishdir›, dedi. Men unga: ‹Axir siz ham shunday qilasiz-ku›, dedim. U: ‹Oyoqlarim meni koʻtarolmaydi›, dedi».