حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدٍ الْقَارِيِّ، أَنَّهُ سَمِعَ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، وَهُوَ عَلَى الْمِنْبَرِ يُعَلِّمُ النَّاسَ التَّشَهُّدَ يَقُولُ قُولُوا التَّحِيَّاتُ لِلَّهِ الزَّاكِيَاتُ لِلَّهِ الطَّيِّبَاتُ الصَّلَوَاتُ لِلَّهِ السَّلاَمُ عَلَيْكَ أَيُّهَا النَّبِيُّ وَرَحْمَةُ اللَّهِ وَبَرَكَاتُهُ السَّلاَمُ عَلَيْنَا وَعَلَى عِبَادِ اللَّهِ الصَّالِحِينَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ .
Abdurrahmon ibn Abd al-Qoriy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning minbar ustida odamlarga tashahhudni oʻrgatib turib shunday deganini eshitdi: «Ayting: ‹At-tahiyyatu lillah, az-zokiyyatu lillah, at-tayyibotu, as-salavotu lillah. As-salomu alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokotuh. As-salomu alayna va ala ibodillahis-solihiyn. Ashhadu an la ilaha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh› (Salomlar Allohga xosdir, pok amallar Allohga xosdir, yaxshi soʻzlar va namozlar Allohga xosdir. Ey Nabiy, senga Allohning salomi, rahmati va barakoti boʻlsin. Bizga va Allohning solih bandalariga salom boʻlsin. Men Allohdan oʻzga iloh yoʻqligiga guvohlik beraman va Muhammad Uning bandasi hamda rasuli ekaniga guvohlik beraman)».