حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرِو بْنِ عَلْقَمَةَ، عَنْ مَلِيحِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ السَّعْدِيِّ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّهُ قَالَ الَّذِي يَرْفَعُ رَأْسَهُ وَيَخْفِضُهُ قَبْلَ الإِمَامِ فَإِنَّمَا نَاصِيَتُهُ بِيَدِ شَيْطَانٍ .
Malih ibn Abdulloh as-Saʼdiy (rahimahulloh)dan, u Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladiki, u: «Imomdan oldin boshini koʻtarib-tushiradigan kishining peshona sochi shaytonning qoʻlidadir», dedi. Molik imomdan oldin unutib rukuda yoki sajdada boshini koʻtarib yuborgan kishi haqida aytdi: «Uning sunnati — rukuga yoki sajdaga qaytib, imomning koʻtarilishini kutmasligidir. U qilgan ish xato, chunki Rasululloh ﷺ: ‹Imom unga ergashilishi uchun tayinlangan, bas, unga xilof qilmanglar›, dedilar. Abu Hurayra: ‹Imomdan oldin boshini koʻtarib-tushiradigan kishining peshona sochi shaytonning qoʻlidadir›, dedi».